35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
Ko‘p kvartirali uylar ta’miri: manzilli dastur ijrosi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosi yuzasidan Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha dastlabki manzilli dastur ijrosi o‘rganildi.

Nazorat-tahlil tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat Kengashi deputati D. Suvonova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi, ishlarning borishi va manzilli dasturda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiluvchi muhim vositadir.

Termiz shahrida ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ta’mirlash va obodonlashtirishga qaratilgan ishlar deputatlar e’tiborida.

Slide 1 of 4