35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
🏘 “Yangilik” MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

🏘 “Yangilik” MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati D.Ataxodjayeva nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Yangilik” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar hamda oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔰 Yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar va boshqa ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda mavjud muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔰 Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar haqida ma’lumot berish, ularni tegishli xizmatlardan foydalanishga yo‘naltirish, murojaatlarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2