35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
“Ko‘kmo‘yin” MFY yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi o'rganildi

“Ko‘kmo‘yin” MFY yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi o'rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 3-Oq ota saylov okrugi deputati Peysenov Erlan Adilbayevich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan “Ko‘kmo‘yin” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati o‘rganildi.

🔹 Mahalla raisi faoliyati
O‘rganish davomida mahalla raisining hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muvofiqlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

🔹 Hokim yordamchisi faoliyati
Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda ishsiz aholini mehnat bozoriga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

🔹 Yoshlar yetakchisi faoliyati
Mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va turli to‘garaklarga jalb qilish, bandligini ta’minlash hamda yoshlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹 Ijtimoiy xodim faoliyati
Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda zarur yordamlarni tashkil etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholi bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish va hududdagi mavjud muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyatiga ham alohida baho berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3