Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

2026-yil uchun shakllantirilgan manzilli ro‘yxatga Shirin shahridagi 3 ta mahallada ta’mirtalab holatga kelib qolgan 12 ta ichki xo‘jalik yo‘li kiritildi.
Mazkur manzilli ro‘yxat doirasida umumiy uzunligi 4 866,6 metr bo‘lgan ichki xo‘jalik yo‘llarining ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yo‘llarning belgilangan qismlarida asfalt qoplamasi yotqizish ko‘zda tutilmoqda.
📍 M.Ulug‘bek MFY
Mahalla hududidagi ichki yo‘llarning umumiy harakat uzunligi 1 205 metr bo‘lib, ta’mirlash ishlari quyidagi ko‘chalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
▪️ Fazilat ko‘chasi — 800 metr;
▪️ Markaziy ko‘chasi — 250 metr;
▪️ O‘rikzor ko‘chasi — 155 metr.
📍 Farhod MFY
Mahalla hududida umumiy uzunligi 2 467 metr bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan:
▪️ Shodlik ko‘chasi — 326 metr;
▪️ Ziyokor ko‘chasi — 570 metr;
▪️ Jozibador ko‘chasi — 830 metr;
▪️ Z.M. Bobur ko‘chasi — 741 metr.
📍 Nurobod MFY
Mahalla hududida ichki xo‘jalik yo‘llarining umumiy harakat uzunligi 1 195 metr bo‘lib, quyidagi ko‘chalarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
▪️ Oydin ko‘chasi — 150 metr;
▪️ Navro‘z ko‘chasi — 160 metr;
▪️ Obod yo‘l ko‘chasi — 225 metr;
▪️ Mirishkor ko‘chasi — 108 metr;
▪️ Quvonch ko‘chasi — 710 metr.
💰 Loyihaning umumiy qiymati
Yuqorida qayd etilgan hududlardagi ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymati 280 million 118 ming 200 so‘mni tashkil etadi.
Mazkur ishlarni amalga oshirish orqali mahallalardagi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.