35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
MAISHIY CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Xojiakbar Xolmatov tashabbusi bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan hosil qilinayotgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holatini o‘rganish, mavjud holatni tahlil qilish hamda hududlarda o‘rganish ishlarini hamkorlikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, hududlarning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Doimiy komissiya faoliyati doirasida izchil davom ettiriladi.

Toza hudud — sog‘lom muhit va farovon hayot garovi!

Slide 1 of 2