35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
4-BAND IJROSI: YOSHLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIK HOLATI O‘RGANILDI

4-BAND IJROSI: YOSHLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi va ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda.

📍 Shu maqsadda deputat M. Kilichov o‘z hududidagi band bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berish va munosib ish o‘rinlariga tavsiya qilish maqsadida hokim yordamchisi bilan birgalikda tikuvchilik korxonasida bo‘ldi.

👥 O‘rganish davomida korxonadagi mavjud ish o‘rinlari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda band bo‘lmagan fuqarolarni ishga jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday amaliy tashriflar aholining bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Asosiy maqsad — har bir yosh uchun munosib ish o‘rni va barqaror daromad manbasini yaratish. Rasmiy sahifalarimiz!