35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi



Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni doimiy komissiya  raisi Surayyo Axmedova olib bordi.

Doimiy komisssiya yig'ilishida Kengash kotibiyati mudiri A.Baxromov ham ishtirok etdi.

Kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanda mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)larini eshitishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan Doimiy komissiya raisi S.Axmedovaning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida  doimiy komissiya a'zolari F.Ibragimov, M.Mirsodiqovlar so‘zga chiqib,  o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Doimiy komissiya tomonidan tavsiya etilgan qaror loyihasi asosida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5