35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy targ‘ibot ahvoli to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Ismoilovning axboroti eshitilib, muhokama qilindi.

Adliya bo‘limi boshlig‘i o‘z axborotida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida 3 ta o‘rganish va 8 ta monitoring o‘tkazilgani, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 2 ta taqdimnoma va 56 ta ogohnoma kiritilgani, natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka hamda 4 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi.

O‘rganishlar davomida tuman Yo‘llardan foydalanish tashkilotida xodimlarning mehnat huquqlari buzilganligi, Kadastr va Suv oqava tashkilotlarida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan.

Bundan tashqari, fuqarolar va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 54 ta da’vo va ariza kiritilgani hamda ularning barchasi qanoatlantirilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga va mas’ullarga yetkazish, huquqni qo‘llash amaliyotida qonuniylikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida axborot yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, mazkur masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4