Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 SHEROBOD TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Sherobod tuman adliya bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Saidova Nigora Rajabboyevna, Sherobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiev hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etdi.

🤝 DEPUTAT VA ADLIYA SOHASI VAKILLARI — HAMKORLIKDA
Tadbir davomida deputat Saidova Nigora Rajabboyevna hamda Sherobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev tomonidan ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonuniylikni ta’minlash hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

💻 Shuningdek, “E-Huquqshunos” tizimidan foydalanish tartibi, uning imkoniyatlari va amaliy qo‘llash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

📜 Yangi qabul qilingan qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

⚖️ Tadbirda korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, tegishli amaliy tavsiyalar bildirildi.

Mazkur tadbir deputatning Adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan hamkorlikdagi amaliy faoliyati, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

🔹 Huquqiy targ‘ibot — qonuniylikni mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3