Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida boshqalar bilan teng ravishda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini, mustaqilligini va tanlash erkinligini hurmat qilish, nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishda imkoniyatlar tengligini ta’minlash asosiy prinsiplar sifatida belgilangan.

Mazkur qonun talablarining amaliy ijrosini ta’minlash hamda hududlarda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holatini o‘rganish maqsadida 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N. Xasanova tomonidan Charog‘on MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Inson ijtimoiy xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i R. Usmonov ishtirok etdi.

Shuningdek, 9-uyda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar — Hakimova Dilbar opa va J. Sultonov bilan bevosita suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolarning kundalik hayotida duch kelayotgan masalalari, huquq va qonuniy manfaatlari, zarur shart-sharoitlar hamda mavjud ehtiyojlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday bevosita muloqotlar deputatlik nazoratining amaliy ahamiyatini oshirib, qonun hujjatlarida belgilangan huquq va kafolatlarning hududlarda qay darajada ta’minlanayotganini o‘rganish imkonini beradi. Fuqarolarning fikr va ehtiyojlarini bevosita eshitish esa mavjud masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida teng va to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik bu boradagi ishlarning muhim mezonidir.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, zarur hollarda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash hamda qonun ijrosini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5