Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA BARPO ETILAYOTGAN SPORT MAJMUASI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-"Bandixon" saylov okrugidan saylangan deputati H. Abdimo‘minov hamda Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Bandixon" mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan individual uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarning asosiy maqsadi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va takliflarini tinglash, mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlikni ta'minlash, ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan belgilangan tartibda murojaatlar daftariga qayd etilib, ularning mazmuni batafsil o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlarning tegishliligidan kelib chiqib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, mas'ul tashkilotlarga yuborilishi qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar aholining kayfiyati, ehtiyoj va muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan takliflarni shakllantirish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4