Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA BARPO ETILAYOTGAN SPORT MAJMUASI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

 Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 17-Miskin saylov okrugi deputati Parizod Ziyo hamda Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasi hamkorligida "Miskin" MFY hududida elektr ta’minoti tizimini yanada ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🔧 Mutaxassislar tomonidan hududdagi 0,4 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, aholi xonadonlarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan zarur texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

☀️ Yozning jazirama kunlariga qaramay, energetika sohasi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarib, aholiga qulay sharoit yaratish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.

👏 Barcha energetika xodimlariga mashaqqatli va sharafli mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Slide 1 of 7