35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA BARPO ETILAYOTGAN SPORT MAJMUASI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
Deputat Jamila Shermuhammedova abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌳 Deputat Jamila Shermuhammedova abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova Chilonzor tumanining Qozirobod saylov okrugidagi "Naqqoshlik" mahalla fuqarolar yig‘inida "mahalla yettiligi" a’zolari hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvda mahalla raisi Shohista Atajonova, profilaktika inspektori kapitan Azamat Rasulmuhamedov, hokim yordamchisi Madaminjon Nazirov, yoshlar yetakchisi Otabek Jo‘rayev hamda mahalla faollari bilan birgalikda 2026-yilgi qabul jarayonlari, abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, test sinovlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📝 Muloqot davomida universitet rahbariyati tomonidan joriy yilda abituriyentlarning amaliy fanlar hamda harbiy ta’lim yo‘nalishlariga qiziqishi sezilarli darajada oshgani, ushbu yo‘nalishlarni qizlar va yigitlar deyarli teng miqdorda tanlayotgani qayd etildi. Bu esa yoshlar orasida Vatanga sadoqat, kasbga mas’uliyat va zamonaviy bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish tobora kuchayib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.

🔎 Uchrashuv jarayonida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Ta’lim sifati, yoshlar bandligi, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni oliy ta’limga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Fuqarolar va yoshlar tomonidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olindi. Zarur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi lozim bo‘lgan takliflarni umumlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Uchrashuv yakunida deputat Jamila Shermuhammedova yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi va har bir murojaatning amaliy yechim topishi deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6