35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA BARPO ETILAYOTGAN SPORT MAJMUASI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, mazkur tashkilotga biriktirilgan deputat M.Raimdjanov hamda ekspert-maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, Marg‘ilon shahar Soliq inspeksiyasining Yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda soliq tushumlari ijrosi, soliqlarni undirish samaradorligi, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirishdan iborat.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar va takliflar bildirildi. Xususan, markirovka tizimini joriy etishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda soliq tushumlarini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan doimiy komissiya raisi E.Yunusov shunday ta’kidladi:
“Har bir tushum ortida aniq tizimli ish va mas’uliyat turibdi. Ayniqsa, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali budjet barqarorligini ta’minlash — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi zarur.”

Muhokamalar yakunida hisobot ma’qullanib, mazkur masalani Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Shuningdek, hisobot beruvchiga mavjud zaxiralarni to‘liq ishga solish, soliq tushumlarini barqaror oshirish, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, markirovka tizimi qamrovini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4