Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
🎓 Ёшларга мотивация – келажакка йўл!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Shomurodova, shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Samonchuq” mahalla fuqarolar yig‘inida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
✔️Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad umumta’lim maktablarini a’lo baholarda tamomlagan hamda oliy ta’lim muassasalariga kirishni rejalashtirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini rag‘batlantirish va mavjud muammolarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
✔️Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyatlar, davlat grantlari, imtiyozli ta’lim kreditlari hamda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✔️So‘zga chiqqanlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, yuksak maqsadlar sari intilishi va o‘z ustida muntazam ishlashi kelajak taraqqiyotining muhim omili ekanligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik jarayonlari, kasb tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.
✔️Tadbirning ochiq muloqot qismida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, bandlik, yoshlar loyihalari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
✔️Bunday uchrashuvlar yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokiga keng yo‘l ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️ “Samonchuq” mahallasida o‘tkazilgan mazkur muloqot ham yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ularni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 7