Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
4 yillik muammo deputatlik so‘rovi natijasida ijobiy hal etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🚌 4 yillik muammo deputatlik so‘rovi natijasida ijobiy hal etildi

🏛 O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan Yashnobod tumanidagi “Katta Qo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolardan biri ko‘tarilgan edi.

📍 Xususan, mahalla hududidagi To‘yona ko‘chasidan Toshkent Halqa yo‘liga chiqish qismida joylashgan avtobus bekati 2022-yilda yer usti metrosi qurilishi jarayonida olib tashlangan bo‘lib, oradan to‘rt yil o‘tganiga qaramay qayta o‘rnatilmagan. Natijada fuqarolar, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlar, ayollar va yoshlar jamoat transportidan foydalanishda qator qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi.

🔍 Deputat tomonidan masala joyiga chiqib o‘rganilganda, ushbu hududda ikki bekat oralig‘i qariyb 2,5–3 kilometrni tashkil etishi, yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lishiga qaramay bekatning mavjud emasligi aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

📨 Mazkur muammoni hal etish maqsadida deputat Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimiga, “Toshshahartransxizmat” rahbariyatiga hamda Yashnobod tumani hokimligiga tegishli deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

✅ Olib borilgan amaliy ishlar va deputatlik nazorati natijasida mas’ul tashkilotlar tomonidan muammo ijobiy hal etildi. Aholi gavjum va transport harakati serqatnov bo‘lgan ushbu hududda zamonaviy avtobus bekati o‘rnatilib, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratildi.

🤝 Mahalla faollari va fuqarolar ko‘p yillardan buyon yechimini kutayotgan masalaning hal etilganini mamnuniyat bilan qarshi olib, deputat Sevara Fayziyevaga muammoni izchil nazoratga olib, uning ijobiy yechim topishiga erishganligi uchun minnatdorlik bildirdilar.

🔺 Mazkur natija deputatlik nazoratining amaliy samarasi bo‘lib, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimiga erishish yo‘lidagi tizimli ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5