Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Mingbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rgandi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Mingbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rgandi. Tashrif davomida elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida olib borilayotgan elektr tarmoqlarini tortish, zarur kabellarni o‘rnatish va boshqa qurilish-montaj ishlari yuzasidan mutasaddilar hamda mahalla faollari bilan suhbatlashildi. Deputat tomonidan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda yaratilayotgan sharoitlarning aholiga qulaylik darajasi alohida nazoratga olindi. O‘rganish jarayonida hudud aholisining taklif va murojaatlari ham tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillariga tavsiyalar berildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun yanada qulay infratuzilma yaratish, ijtimoiy xizmatlar sifati va foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 2