Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Deputatlik so‘rovlari orqali “Bog‘i eram” mahallasidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovlari orqali “Bog‘i eram” mahallasidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannopova tomonidan Yunusobod tumanidagi “Bog‘i eram” mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar asosida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Yunusobod tumani hokimligiga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📝 Joriy yilning 5-iyun kuni mahalla aholisi va mahalla yettiligi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi ekologik holat, obodonlashtirish, jamoat xavfsizligi hamda bolalar uchun yaratilgan infratuzilma bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.

🌳 Xususan, fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi ayrim daraxtlarning shoxlari haddan tashqari o‘sib ketgani, qurigan va xavf tug‘diruvchi shoxlar mavjudligi sababli aholi xavfsizligi, elektr tarmoqlari hamda hududning obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan deputat Fotima Mannopova Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i A.Rasulov nomiga deputatlik so‘rovi yuborib, “Bog‘i eram” mahallasidagi daraxtlarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganish hamda amaldagi ekologik talablar asosida zarur hollarda sanitariya butash va parvarishlash ishlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.

💡 Shuningdek, aholi tomonidan hududdagi yoritish tizimi, videokuzatuv vositalari va bolalar maydonchalarining holati yuzasidan ham taklif va murojaatlar bildirildi. Shu asosda Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyev nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovida mahalla hududidagi 57-sonli ko‘p qavatli uy atrofiga 3 ta tashqi yoritish moslamasi, 56-sonli uy yonidagi mahalla guzari ortida joylashgan bolalar maydonchasiga esa 2 ta tashqi yoritish moslamasi o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.

📹 Bundan tashqari, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini mustahkamlash maqsadida mahalla hududiga 30 ta videokuzatuv kamerasini o‘rnatish hamda mavjud bolalar maydonchasini qayta ta’mirlash, o‘yin uskunalarini yangilash va maydonchani zamonaviy talablarga mos holatga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish taklif etildi.

🔎 Deputatlik so‘rovlarida mas’ul tashkilotlardan ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan 10 kun muddatda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1