Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 19-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Hudud infratuzilmasi rivoji – doimiy e’tiborda
Mahalladagi madaniyat saroyi va kutubxona o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallada joylashgan “Istiqlol” madaniyat saroyi hamda uning qoshida faoliyat yuritayotgan kutubxona ishi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 150 o‘rinli madaniyat saroyida aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, muassasa qoshida tashkil etilgan kutubxonada kitob fondi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rgandi. Kutubxona xodimlari bilan bo‘lgan muloqotda o‘tgan bir yil davomida o‘zbek va qozoq tillardagi badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar soni 456 mingtaga yetkazilganligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida madaniyat saroyi va kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini to‘liq qondirish hamda yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4