Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 19-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Hudud infratuzilmasi rivoji – doimiy e’tiborda
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Furqat tumanida “yo‘l xaritalari” ijrosi manzilli o‘rganilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan hududdagi “Qirg‘isovul” MFYda bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida deputat mahalla ijtimoiy xodimi Serikbayeva Tozagul tomonidan olib borilayotgan ishlar, hududda istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilli va maqsadli tashkil etilishi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida ijtimoiy reyestrda turuvchi 22 ta oila oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangani, 22 nafar fuqaroga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratilgani, 2 nafar fuqaroga 15 million so‘mdan foizsiz kredit rasmiylashtirilgani qayd etildi. Shuningdek, 1 nafar ehtiyojmand oilaga subsidiya asosida 1 dona noutbuk olib berilgan hamda 6 ta oila bilan ijtimoiy shartnomalar tuzilgan. Yakunda mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2