Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

#Delegatsiya #xalqaro_hamkorlik #Toshkent_va_Chendu #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahri xalq vakillari delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Delegatsiyaga Chendu shahar xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shi Hongping boshchilik qildi. Uchrashuvda Chendu shahri xalq vakillari kengashi vakillari, shahar hokimiyati tashqi ishlar boshqarmasi hamda Chendu Markaziy Osiyo iqtisodiy va savdo ko‘maklashish assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

📝 Muloqot davomida Toshkent shahri va Chendu shahri, shuningdek, Toshkent shahri hamda Sichuan provinsiyasi o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik aloqalari va istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm hamda mahalliy boshqaruv yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

📁 Ta’kidlanganidek, Chendu shahri Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, Sichuan provinsiyasining ma’muriy markazi hisoblanadi. Aholisi 21 milliondan ortiq bo‘lgan ushbu yirik megapolis sanoat, logistika, innovatsiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, biotexnologiya va axborot texnologiyalari sohalarida Xitoyning eng muhim iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi.

🏭 Chendu shahrida FAW Toyota, Volkswagen, Geely, Hyundai Truck&Bus kabi yirik kompaniyalar faoliyat yuritadi. Shuningdek, shaharda yuqori texnologiyalar sanoat parki, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish korxonalari, biotexnologiya va farmatsevtika markazlari ham keng rivojlangan.

🚄 Chendu shahri logistika va tashqi savdo markazi sifatida ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, “Chendu xalqaro temir yo‘l porti” hamda transchegaraviy elektron tijorat markazlari orqali Yevrosiyo davlatlari bilan faol savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

🔺 So‘nggi yillarda Toshkent shahri va Sichuan provinsiyasi o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Xususan, o‘zaro delegatsiyalar tashriflari, biznes-forumlar, tajriba almashuvlari hamda sheriklik bitimlari ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

📈 Uchrashuv davomida hududlararo hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitish, tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, investitsion imkoniyatlarni kengaytirish hamda tajriba almashinuvini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10