Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida

 Sog‘lom avlod —yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida 

Mahallalarda aholi, xususan, yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi
uchun sharoitlar yaratish, umumta’lim maktablari, kollej hamda sport
inshootlaridagi sport zallari va anjomlarining holatini ko‘zdan kechirish
Kengash deputatlarining doimiy e’tiborida turadi.
 

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi nazorat tadbiri 8-Oybek saylov okrugidan saylangan
deputat (O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi), Kengash raisi A. Ibragimov hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi L. Iskandarov tomonidan amalga oshirildi.
Jarayonda tuman sport maktabidagi mavjud holat va yaratilgan imkoniyatlar
yaqindan o‘rganildi.
 

O‘rganish natijalari quvonarli: 

Sport maktabida o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari va o‘z iqtidorlarini
namoyish etishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan;
 

Mashg‘ulot zallari zamonaviy va sifatli sport jihozlari hamda anjomlari bilan to‘liq
ta’minlanganligi aniqlandi.
 

Yoshlarni ommaviy sportga jalb etish va ularning sog‘lom voyaga yetishlarini ta’minlash maqsadida
tumandagi barcha sport obyektlari, mahalla va maktablardagi sport
maydonchalarining holatini o‘rganish hamda ularni yanada yaxshilash borasidagi
tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1