35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA BARPO ETILAYOTGAN SPORT MAJMUASI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
Deputat va yoshlar uchrashuvi

 Deputat va yoshlar uchrashuvi 

  

O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xamidjon Raximovning bitiruvchi maktab o‘quvchilari va yoshlar bilan mazmunli uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Oltiariq 2-sonli texnikumida tashkil etilgan mazkur tadbirda tuman Kengashi deputati O‘. Otaboyev, “Shuhrat” medali sohibi, tuman
Kengashi deputati Q. Axmedov, texnikum direktori E. Teshaboyev hamda 200 nafardan
ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Xamidjon Raximov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ta’limning inson hayotidagi o‘rni, ilm olishga bo‘lgan intilish va doimiy o‘z ustida ishlashning
ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdi. Ayniqsa, bugungi globallashuv sharoitida raqobatbardosh kadr bo‘lish uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, chet tillarini o‘rganish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, tarbiya masalasiga alohida urg‘u qaratilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat, kattalarga ehtirom va jamiyat
oldidagi mas’uliyatni his etish kabi fazilatlar har bir yoshning hayotida muhim o‘rin tutishi qayd etildi. Nutq davomida ustoz insonning nafaqat bilim beruvchi, balki ma’naviy tarbiyachi sifatidagi o‘rni ham alohida e’tirof
etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan boshqa ishtirokchilar ham yoshlarga o‘z tavsiya va maslahatlarini bildirib, ularni
aniq maqsad qo‘yish, kasb tanlashda ongli yondashish va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlashdi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bunday muloqotlar
ular uchun katta motivatsiya manbai bo‘layotganini ta’kidladilar. Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, ularni bilimli va faol shaxs sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
  

Slide 1 of 6