Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Navoiy viloyati delegatsiyasining Pokistonga tashrifi: yangi investitsion imkoniyatlar sari muhim qadam

MUNOSABAT

Navoiy viloyati delegatsiyasining Pokistonga tashrifi: yangi investitsion imkoniyatlar sari muhim qadam

Navoiy viloyatida investitsion muhitni yanada yaxshilash, sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kunda xalqaro hamkorlik aloqalarining faollashuvi bilan yanada mustahkamlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokiston Islom Respublikasiga amalga oshirayotgan tashrifi alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur xizmat safari doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, balki hududimizga ilg‘or texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi. Jumladan, delegatsiya a’zolarining Pokistonning charm sanoatida yetakchi o‘rin tutadigan Nova Leathers (Pvt.) Ltd. kompaniyasi rahbariyati bilan muloqoti o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Uchrashuv davomida kompaniya bosh direktori Irfan Iqbol tomonidan charmni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bu esa Navoiy viloyatida charm sanoatini rivojlantirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda muhim tajriba bo‘lib xizmat qiladi.

Navoiy shahri deputati sifatida ta’kidlash joizki, bunday xalqaro hamkorlik tashabbuslari hududimiz iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omildir. Xususan, charm-poyabzal sanoatida qo‘shma korxonalar tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va eksport geografiyasini kengaytirish orqali aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari ortadi.

Shu bilan birga, mazkur tashrif doirasida erishilayotgan kelishuvlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Bu esa o‘z navbatida Navoiy shahri va viloyatining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, xalqaro biznes doiralari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan bunday samarali muloqotlar hududimiz taraqqiyoti, aholi farovonligi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida yanada keng ko‘lamli loyihalarga yo‘l ochadi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna

Slide 1 of 1