Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yirik investitsiya loyihasi deputatalar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiya ishida Bekobod shahar prokurori adliya maslahatchisi B.Ilyasovning Bekobod shaharida 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va 2025-yil davomida kriminagen vaziyatni mustahkamlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari eshitildi. Shuningdek, Bekobod shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Ismoilovning 2025-yil davomida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish,
jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti va Bekobod shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i J.Norqo‘zievning 2025-yil davomida amalga
oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti, Bekobod shahar Xalq qabulxonasi boshlig‘i, shahar hokimining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda 2025-yil yakunida aniqlangan qonun buzilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan axboroti eshitildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining doimiy komissiya a’zolarini yangi tarkibini tasdiqlash va Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2026-yil 5-yanvardagi VII-26-2-10-0-K/26-sonli qarori asosida shahar kengashi kotibiyati xodimlarini amaldagi ta’rif razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risida
masalalar ham
ko‘rib chiqildi. Kun tartibiga kirtilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

   

Slide 1 of 9