Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Furqat tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy jihozlar va raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
PQ-133-son qarori ijrosi: “Qo‘qonboy” va “Eski” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish: mazmun-mohiyat va amaliy ahamiyat

Mamlakatimizda uzoq muddatli taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim dasturiy hujjat — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish masalalari bugungi kunda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda. Xususan, tasdiqlangan reja-grafik asosida xalq deputatlari viloyat hamda tuman (shahar) Kengashlari ishtirokida joylarda mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan muhokamalar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman axborot markazida o‘tkazildi. Unda tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini aholiga yetkazish, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha joylardagi taklif va mulohazalarni umumlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida tuman Kengashi deputatlari H. Mavlonov, T. Yo‘ldosheva va J. Shodmonovlar so‘zga chiqib, strategiyada belgilangan vazifalar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Deputatlar strategiya ijrosida mahalliy Kengashlarning o‘rni va mas’uliyati tobora ortib borayotganini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari D. G‘afforova ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirishga ham xizmat qilishini, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim dastur bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar strategiyani amalga oshirishda aholining faol ishtirokini ta’minlash, joylarda mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish zarurligini qayd etdilar. Bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, tegishli tartibda yuqori tashkilotlarga taqdim etilishi belgilandi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, uni takomillashtirishda xalq vakillari va aholi fikrini inobatga olish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Slide 1 of 11