Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yirik investitsiya loyihasi deputatalar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
“Markaz” mahallasida ochiq muloqot: aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va qat’iy yo‘nalishlar belgilab olindi

 “Markaz” mahallasida
ochiq muloqot: aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va qat’iy
yo‘nalishlar belgilab olindi
 

  

Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari —
Shuxratjon Raximov, Ozodaxon Dadajonova, Muyassarxon Tojiboyeva, Baxodir
Axmadjonov hamda hudud deputati Naziraxon Akbarova tomonidan “Markaz”
mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotning asosiy maqsadi
— mahalladagi dolzarb muammolarni o‘rganish, aniq yechimlarni belgilash va
ijrosini nazoratga olishdan iborat bo‘ldi.
 

🔹

🔹

Muloqot
jarayonida qator muhim masalalar oydinlashdi. Jumladan, xotin-qizlar faolining
ikkita — “Markaz” va “Xo‘roba” mahallalariga bir vaqtning o‘zida
biriktirilgani, hududlar bir-biridan uzoq joylashgani sabab ish samaradorligiga
salbiy ta’sir qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu boisdan, faolning asosiy ish
joyiga yaqin hududga biriktirilishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
 

Shu
bilan bir qatorda, “Mindon qishlog‘i bolalar sport o‘yingohi” 25 yildan buyon
faoliyat yuritib kelayotganiga qaramay, maydon yer uchastkasi hanuz zaxirada
ekani va bu holat sport maydonini rivojlantirish ishlarining to‘xtab qolishiga
sabab bo‘layotgani qayd etildi. Mahalla oqsoqollari ushbu sport inshootini
qonunchilikka muvofiq mahalla balansiga o‘tkazish zarurligini bildirdi. Bu
yoshlar uchun sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va ularning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etishda muhim omil ekani alohida urg‘u bilan e’tirof etildi.
 

Uchrashuv
yakunida nuroniylar va faxriylar holidan xabar olindi, ularning
fikr-mulohazalari, taklif va ehtiyojlari o‘rganildi. Rahbar va mutasaddilar
tomonidan bildirilgan masalalarning har biri nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 6