Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yirik investitsiya loyihasi deputatalar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Avval xabar berilganidek…
янв.21
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati B.Sharofiddinov 20-Kaldushon saylov okrugi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ataxanov ishtirokida Jaloyir MFY hududi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Olimov 16-Qo‘qonboy saylov okrugida joylashgan “Qo‘qonboy” MFY hududida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Furqat tumani "og‘ir" toifadan chiqarilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etish — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu jihatdan, deputatlar ham joylarda fuqarolar muammolarini bevosita o‘rganib, ular yechimiga ko‘maklashmoqda.

Shu kunlarda Miskin mahalla hududida joylashgan ishlab chiqarish zonasida gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bir guruh fuqarolar deputatga murojaat qilishdi. Murojaatda, Agregat zavodi umumiy turar joyidagi tabiiy gaz bosimi pastligi, ba’zan esa to‘liq uzilib qolishi ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

Mazkur murojaat asosida okrug deputati Ziyo Parizod hududga tashrif buyurib, mavjud muammolarni bevosita joyida o‘rgandi. Tashrif davomida u ishlab chiqarish zonasidagi korxonalar rahbarlari, texnik mutaxassislar, shuningdek, gaz ta’minoti uchun mas’ul tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

 Deputatlar fuqarolarning murojaatlariga doimo e’tibor bilan yondashadi va ularni hal qilish yo‘lida amaliy ishlarni davom ettiradi.

Slide 1 of 4