Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi bandligi o'rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 13-saylov okrugidan saylangan deputat F. Ibragimov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Chinoz tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda 2027-yil uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida”gi masala joyiga chiqqan holda, ijro hokimiyati vakili bilan birgalikda sessiya oldidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud shtat birliklari hamda 2027-yil uchun zaxiraga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan ish o‘rinlari tahlil qilindi.
📊 Tahlil natijalariga ko‘ra:
- Tumandagi 89 ta korxona va tashkilotda jami 8 365 nafar xodim faoliyat yuritishi belgilangan.
- Mazkur korxona va tashkilotlar tomonidan 2027-yilda jami 510 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish taklif etilmoqda.
Mazkur masalani sessiya oldidan o‘rganishdan maqsad — ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha takliflarning asoslanganligini tahlil qilish, aholi bandligini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 4