Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📋 Forish tumanida yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining 2026-yil 9-oktabrdagi qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari qoniqarli deb topildi.
📌 Hisobot davrida 588 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 35 nafar yoshdan 28 nafarining muammolari hal etilib, ularga jami 70 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
🏅 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Forish yoshlari viloyat bosqichida 17 ta medalni qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda 9-o‘rinni egalladi.
✅ Qaror bilan yoshlar bandligini oshirish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6