Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Davlat tili — milliy qadriyatimiz.
янв.21
🎓 51-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#ish reja ijrosi 24 ta masala 🏫 49-sonli maktab sport zali holati o‘rganildi.
янв.21
🎓 27-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🏥 Tibbiyot sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 👥 Yoshlar siyosati bo‘yicha hisobot eshitildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🌿 Ekologiya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 💰 “Ochiq budjet” tashabbusiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💧 Sug‘orish uchun suv limiti tasdiqlandi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💰 Mahalliy budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi muhokama qilindi
Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Namangan shahridagi Dashtbog‘ kichik sanoat zonasida yoshlar bandligini ta'minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga jalb etish hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari vakillari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ish haqi, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda korxonalarda yaratilgan sharoitlar yuzasidan yoshlarga batafsil ma'lumotlar berildi. 

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirda ishtirok etgan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov yoshlar bilan muloqot qilib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning kasb-hunar egallashi va munosib mehnat qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta'kidladi.

Shuningdek, har bir yosh o‘z bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mehnatsevarlik hamda tashabbuskorlik orqali yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekanini qayd etdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilar Dashtbog‘ kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda yaratilgan zamonaviy mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish jarayonlari va yangi ish o‘rinlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta'minlash, ularning munosib mehnat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlardan biridir.

Slide 1 of 6