Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Davlat tili — milliy qadriyatimiz.
янв.21
🎓 51-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#ish reja ijrosi 24 ta masala 🏫 49-sonli maktab sport zali holati o‘rganildi.
янв.21
🎓 27-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🏥 Tibbiyot sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 👥 Yoshlar siyosati bo‘yicha hisobot eshitildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🌿 Ekologiya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 💰 “Ochiq budjet” tashabbusiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💧 Sug‘orish uchun suv limiti tasdiqlandi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💰 Mahalliy budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi muhokama qilindi
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi

Mahallalar hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, xususan, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputati Jabbarov Jamshid Adashovich tomonidan “Katta Vaxshivor” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika ishlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi jinoyatchilik holati, mavjud muammolar hamda ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini kamaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1