Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Davlat tili — milliy qadriyatimiz.
янв.21
🎓 51-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#ish reja ijrosi 24 ta masala 🏫 49-sonli maktab sport zali holati o‘rganildi.
янв.21
🎓 27-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🏥 Tibbiyot sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 👥 Yoshlar siyosati bo‘yicha hisobot eshitildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🌿 Ekologiya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 💰 “Ochiq budjet” tashabbusiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💧 Sug‘orish uchun suv limiti tasdiqlandi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💰 Mahalliy budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi muhokama qilindi
DEPUTAT NAZORATI: “IPOQ” MAHALLASIDA AMALGA O‘SHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

So‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-son qarori ijrosi doirasida “Ipoq” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan quyidagi masalalar bo‘yicha yozma ma’lumot berish so‘ralgan:

2026-yilda ushbu qarorlar doirasida "Ipoq" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar;

Har bir loyiha bo‘yicha ajratilgan mablag‘ miqdori, moliyalashtirish manbasi va amalda o‘zlashtirilgan mablag‘lar;

Mahalladagi yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash bo‘yicha belgilangan reja, bajarilgan ishlar hajmi hamda sarflangan mablag‘lar;

Yaratilgan yangi ish o‘rinlari, aholini daromadli faoliyatga jalb qilish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha erishilgan natijalar;

Mas’ul va pudratchi tashkilotlar hamda ishlarni yakunlash muddatlari.

Deputat nazorati doirasida yuborilgan ushbu so‘rov mahalladagi ishlarning shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3