Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Davlat tili — milliy qadriyatimiz.
янв.21
🎓 51-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#ish reja ijrosi 24 ta masala 🏫 49-sonli maktab sport zali holati o‘rganildi.
янв.21
🎓 27-sonli maktab bitiruvchilari holati o‘rganildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🏥 Tibbiyot sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 👥 Yoshlar siyosati bo‘yicha hisobot eshitildi.
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 🌿 Ekologiya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
#sessiya ish reja ijrosi 💰 “Ochiq budjet” tashabbusiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💧 Sug‘orish uchun suv limiti tasdiqlandi
янв.21
# ish reja ijrosi 19_1_modda #doimiy_komissiya 💰 Mahalliy budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi muhokama qilindi
Qoraғuppa mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati o‘rganildi

Qoraғuppa mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Qoraғuppa mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.
🏠 Oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Shuningdek, oilalarning mavjud imkoniyatlari, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, oilalarni daromadli mehnatga jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.
🎯 Maqsad — har bir oilani manzilli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish orqali kambag‘allikni qisqartirish. 

Slide 1 of 3