Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi

“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan tuman Kengashi kotibiyati mudiri
U. Bobojonov tumandagi 29-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlarning qiziqishlari asosida yo‘lga qo‘yilgan mashg‘ulotlar hamda ularning qamrov darajasi ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3