Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Madaniyat markazi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 15–Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov tomonidan Kengash ish rejasiga asosan tumandagi 44-sonli Olmazor madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

🔎 Madaniyat markazida aholi xotin-qizlar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda;

🧵 Tikuvchilik yo‘nalishida tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarga amaliy ko‘nikmalar berilayotgani kuzatildi;

👗 Markazda milliy liboslar va qo‘l mehnati mahsulotlari namunalari mavjud bo‘lib, bu yerda hunarmandchilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan;

🥁 San’at yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun zarur ayrim cholg‘u asboblari va jihozlar mavjud;

🏢 Binoda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, ayrim xonalarni yanada jihozlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash zarurati mavjud.

Slide 1 of 2