Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI HUZURIDAGI XALQPARVAR KOMISSIYASI FAOLIYATI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 656-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘lishda Termiz shahrida uy-joyga muhtoj, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 3 nafar bolani uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar xarid qilish uchun ikkilamchi bozoridan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xonadonlarni xarid qilishi uchun taklif berildi.  

Slide 1 of 4