Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.

Sessiyada shahar Kengashi deputatlari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat guruhi a’zolari, yoshlar maslahat guruhi vakillari, hisobot beruvchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21 maydagi “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalasi koʻrib chiqildi.

Sessiyada qayd etilganidek, ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda “Vaqf” xayriya jamoat fondiga “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan ajratilishi hamda ushbu mablag‘larning shahar hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armalari” orqali sarflanishi belgilanganligi ta’kidlandi.

Masala yuzasidan tegishli hisobot tinglangach, deputatlar M.Abdurahmonova hamda X.Abduraxmonov o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan takliflarini ilgari surdilar.

Shundan so‘ng Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov komissiya xulosasini batafsil o‘qib eshittirdi.

Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan tegishli qaror bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya yakunida sessiya kotibi A.Ermatov sessiyani tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Mazkur sessiyada qabul qilingan qarorlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish hamda mehr-saxovat tadbirlarini tizimli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8