Muzrabot tumanining “Dexqonobod” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni
qisqartirish ishlari hamda “Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha tashkil etilgan ishlar Senat Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Iminov Odiljon Karimovich, Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Abduraimov Saydullo Berdishukurovich Muzrabot tumani hokimligi mas'ullari ishtirokida mahalladagi fuqaro O‘taganov Boymamat xonadonida tashkil etilgan parrandachilik, qo‘ychilik va yirik shoxli qoramollarni parvarish qilish bo‘yicha faoliyati bilan tanishdi.
Xonadon egasi Boymamat bobo bilan suxbatda bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imtiyozlar, yaratilayotgan shart-sharoitlardan xalqimiz rozi ekanligini ta'kidladi.