Xalq deputatlari Konimex tumani Kengash raisi Ruslan Ro'ziyev hamda kengash deputati E.Jalolov "Zafarobod" mahalla fuqarolar yig‘inida tegishli mas'ullar ishtirokida aholi istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan shtab o'tkazdi.
Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha ko'p kvartirali uylarda olib borilayotgan ishlar holati, ta'mirlash ishlari bilan tanishilib, bu borada zaruriy topshiriq va ko'rsatmalar berildi.