Yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi, yuzinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi, yuzinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri S.Usmonov boshqardi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2023-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonining viloyatdagi ijrosi bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari X.To‘xtayevning hisoboti;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonkulovning hisoboti;

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

Samarqand tumanida Kichik sanoat zonasi tashkil etish to‘g‘risida;

Jomboy tumani “Juriyat” kichik sanoat zonasi negizida oziq-ovqat sanoati texnoparki tashkil etish to‘g‘risida;

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida;

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

Viloyatda 2025-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyatida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini qayta ko‘rib chiqilgan oyma-oy maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Slide 1 of 4