Yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar muhokama
qilinadi:
 

  - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da
Paxtakor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida.
 

- Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish to‘g‘risidagi kiritgan axboroti to‘g‘risida. 

- Paxtakor tumanining 2024-yil mahalliy budjetining daromad va xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. 

- Paxtakor tumanining Arnasoy, Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Sh.Rashidov tumanlari hamda Sirdaryo viloyati bilan ma’muriy-hududiy chegara chizig‘ini tasdiqlash to‘g‘risida. 

- Tuman mahalliy budjeti hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

- Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyatining

2024 yil 28 maydagi 2-sonli buyrug‘ini tasdiqlash to‘g‘risida.
 

- Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida. 

- O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.  

Slide 1 of 1