Yangiliklar

Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniya, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Assalomu alaykum hurmatli jurnalist va blogerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari! Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniya, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. 

      Ushbu sohaning boshqa tarmoqlardan kam bo'lmasligi uchun doimo intilib yashaydigan Siz-jurnalistlar bor haqiqatni albatta anglaysizlar. 

      Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Ommaviy axborot vositalari so'zda emas, amalda "to'rtinchi hokimiyat" darajasiga ko'tarilishi zarur. Bu - zamon talabi, islohotlarimiz talabi" degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz. 

      Zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug'lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurishingizni tilab qolaman.

Slide 1 of 1