Yangiliklar

UCHQUDUQDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

UCHQUDUQDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

✅Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Najmiddinova bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. 

✅Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim hamda kasb-hunar maktabining bitiruvchi o‘quvchi qizlari va "Qizlarjon klubi"ning a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirdan asosiy maqsad maktab bitiruvchi qizlarining muammolariga yechim topish, izlanuvchan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajakdagi maqsadlariga erishishda ko‘maklashishdan iborat. 

✅Uchrashuvda yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari va takliflari bilan murojaat etishdi. 

Savollarga deputat N.Najmiddinova tomonidan batafsil javob berildi.

✅Tadbir so‘ngida 2023-2024 yilda o‘qishdagi muvaffaqiyati va namunali xulqi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh qizlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 6