👩🎓 Qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tashabbusi bilan 35-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir mahalla faollari va maktab rahbariyati hamkorligida o‘tkazilib, unda o‘quvchi qizlar bilan ochiq va samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. 👩🏫✨
Suhbat davomida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunar egallashi, huquqiy savodxonligi hamda jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 🤝
Bunday uchrashuvlar yoshlarning barkamol va bilimli bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. 🌿