Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi e’tiborda 👮‍♂️
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
янв.21
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📩 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati G.A.Berkinova Bog‘don mahallasida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirida ishtirok etdi..
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Zuhra G‘oziyeva “Xonbandi” mahallasidagi 7-son DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Asad Ergashev “Oqtom” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUNCHILIK VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Hududlarni rivojlantirish va aholining daromadini oshirish – dolzarb vazifa!

📌 2025-2026 yillarda Ishtixon tumani hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298 va PQ-49 qarorlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan Ishtixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Q. Nuriddinov hisobot berdi.

🔍 Hisobotdan muhim nuqtalar:

🟢 Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar: Odil va Shayxislom mahallalari tanlandi, jami 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Ichki yo‘llar ta’mirlandi, bolalar va sport maydonchalari qurildi, yangi ish o‘rinlari yaratildi.

🟢 Og‘ir sharoitdagi mahallalar: 8 ta mahalla rivojlantirildi, jami 24 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Sug‘orish tizimi yaxshilandi, yo‘llar ta’mirlandi, elektr tarmoqlari modernizatsiya qilindi, xavfsizlik va tadbirkorlik sharoiti yaxshilandi.

🟢 “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi: 100 mlrd so‘m mablag‘ asosida 11 ta loyiha amalga oshirildi. Yo‘l, elektr, ichimlik suvi, gaz, ijtimoiy soha va ko‘kalamzorlashtirish infratuzilmasi rivojlantirildi.

📢 Hisobotda ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan chora-tadbirlar hududlarni rivojlantirish, aholi yashash sharoitini yaxshilash va barqaror ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.

Slide 1 of 2