Jumladan, 19-Istiqlol saylov okrugi deputati "Istiqlol" mahallasida ham mahalla fuqarolari tomonidan hashar ishlari tashkil etilib, hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hashar ishlari boshqa mahallalarda ham jadallik bilan davom etmoqda.
Dehqonobod tumani hokimi, tuman Kengash raisi mazkur haftalikda barcha tumandoshlarimizni faol ishtirok etishga chorlaydi
hamda o‘z xonadonlari, tadbirkorlik obyektlari atroflarini chiqindi va begona oʻtlardan tozalash, daraxtlarni tagini yumshatib oqlashga chaqiradi. Zeroki, tozalik va sarishtalik bo‘lgan joyda fayz-baraka bo‘ladi.