Bo'ka tumani “Ibrat” mahallasida joylashgan 54-maktabda "Sanʼat g'unchalari" musiqali tadbir bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirga xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashi raisi B. Begmatov, kotibiyat mudiri A.Nishonov, deputatlar D. Po'latov,
Ch.Abdurasulova, maktab direktorlari ishtirok etishdi.
Tadbirni B.Begmatov kirish so'zi bilan ochib, o'z so'zida Prezidentimizning tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan taʼlim
sohasidagi islohotlar, tumanimizda bu boradagi yutuqlarni taʼkidladi.
Shundan so'ng, maktab musiqa fani ustozi H.Yahyoev tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, maktab o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan ijrolar, mehmonlarga namoyish etildi.