Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OBODONLASHTIRISH ISHLARI VA HUDUDLAR OZODALIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyati bilan tanishilib, hududlarda tozalikni ta’minlash, ko‘cha va jamoat joylarini obodonlashtirish, yashil maydonlarni saqlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida hududlarni muntazam tozalash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, daraxt va gulzorlarni parvarishlash, obodonlashtirish ishlarida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

o‘cha va jamoat joylarida sanitariya holatini muntazam nazorat qilish;
— Obodonlashtirish ishlarini manzilli reja asosida tashkil etish;
— Yashil hududlarni saqlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga e’tiborni kuchaytirish;
— Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash.

Maqsad — tumanda tozalik va obodlikni ta’minlash, aholi uchun yanada qulay muhit yaratish hamda obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish.

Slide 1 of 2