Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri tomonidan o'rganish o'tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
DEPUTATLIK NAZORATI: 29-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV BINO QURILISHI LOYIHASI O‘RGANILDI

 DEPUTATLIK NAZORATI: 29-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV BINO QURILISHI LOYIHASI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida, Kengashning doimiy komissiya a’zolari ishtirokida “Xislat” mahallasida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida maktabning mavjud quvvati, o‘quvchilar soni hamda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, maktabning amaldagi binosi 1 450 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bugungi kunda bu yerda 3 450 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Natijada mavjud quvvatga nisbatan o‘quvchilar soni 2,3 barobarni tashkil etmoqda.

🏫 Muammoning yechimi — qo‘shimcha 1 505 o‘rinli yangi bino. Mazkur masalani hal etish maqsadida maktabni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 1 505 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida maktabdagi o‘quvchilar sig‘imi bilan bog‘liq yuklamani kamaytirish, ta’lim jarayoni uchun yanada qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

📊 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi bino foydalanishga topshirilgach, o‘quvchilar sonining umumiy sig‘imga nisbati 2,3 koeffitsiyentdan 1,1 koeffitsiyentgacha pasayishi kutilmoqda.

🔎 Deputatlik nazorati doirasida mazkur loyihaning amalga oshirilishi, qurilish jarayonlarining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

✅ Sessiya oldi o‘rganishlari doirasida ta’lim sohasidagi mavjud ehtiyojlarni aniqlash, rejalashtirilgan loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqish va ularning ijrosini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 9